Suriya armiyasi xalq ko‘ngillilari qo‘llab-quvvatlashi bilan jangarilar nazorati ostida bo‘lgan Aleppo sharqiy qismining 60 foizini ozod qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Al-Masdar” nashriga ko‘ra, shaharning sharqiy qismida jangarilar mudofaasini yorib o‘tgandan so‘ng hukumat kuchlari Alepponi ozod qilish operatsiyasining ikkinchi qismiga o‘tdi. Armiya bo‘linmalari hujumni Aleppo xalqaro aeroportidan g‘arbda joylashgan universitet shaharchasidan boshladi. Bir necha kun ichida 8 daha ozod qilindi va Shoir hamda Bob al-Hadid tumanlarida jangarilar qurshovga olindi. Harbiylarning maqsadi — Al-Bob shossesi va aeroportni shahar markazidagi istehkom bilan bog‘lovchi yo‘l oralig‘idagi barcha hududni ozod qilish.
Jangarilar to‘liq qamalda qolmaslik uchun eski shahardagi marralarini tark etishi kutilmoqda. Oldinroq ular hukumat armiyasi vakillari bilan taslim bo‘lish shartlari haqida maxfiy muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)