Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xanti-Mansi avtonom okrugi prokuraturasi Yugradagi yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari soniga aniqlik kiritdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Jami 34 kishi hodisa ishtirokchisi bo‘lgan, ulardan 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Okrug kasalxonasida 19 kishi qolmoqda, ulardan 14 nafari bolalar. Uch kishi ambulator davolanishda”, — deya ma’lum qildi prokuratura matbuot xizmati. 

4-dekabr kuni okrug hududida, Xanti-Mansiysk–Tyumen trassasining 926-kilometrida avtobus, yuk mashinasi va ikki yengil avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi. Avtobusda sport akrobatikasi bo‘yicha bolalar jamoasi ishtirokchilari Xanti-Mansiyskdan Nefteyuganskka qaytayotgandi. Avtohalokat qurbonlarining aksariyati bolalar. 5-dekabr okrugda motam kuni deb e’lon qilindi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Erdo‘g‘on rasman Turkiya prezidenti etib qayta saylandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)