IShID jangarilari Iroq shimolidagi Xavija shahri yaqinida mamlakat razvedkasining 35 nafar sobiq xodimini asir oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Kirkuk viloyatidagi Xavija shahri 2014-yildan beri jangarilar nazoratida. Ular mazkur qo‘lga olishlarni 5-dekabr, dushanbaga o‘tar kechasi amalga oshirgani bildirilmoqda.
Kuch tizimlaridagi manbaga ko‘ra, jangarilar sobiq razvedkachilarni Xavija yaqinidagi Az-Zob tumani tomoniga qarab harakatlanayotgan Iroq qo‘shinlari bilan hamkorlikda ayblab, qo‘lga olgan va noma’lum tarafga olib ketgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)