Suriyaning Aleppo shahri yaqinida rossiyalik tibbiyot xodimlari qarorgohiga berilgan zarbada yaralangan ikki ayol harbiy xizmatchi olamdan o‘tdi. Bu haqda, RF mudofaa vazirligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Bugun, 5-dekabr kuni Rossiya mudofaa vazirligining Aleppo yaqinidagi mobil gospitali jangarilar tomonidan artilleriyadan o‘qqa tutildi. Buning oqibatida bir ayol harbiy xizmatchi halok bo‘lgani, yana ikki nafari yaralangani ma’lum bo‘lgan edi. Endilikda yarador ayollardan biri vafot etgani aytilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ikkinchi yarador og‘ir ahvolda bo‘lib, tibbiyot xodimlari uning hayoti uchun kurashmoqda.
Izoh (0)