Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev roppa-rosa bir yildan keyin lavozimini tark etishga va mamlakatni boshqa yetakchi boshqarishiga so‘z berdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Atambayev 2011-yilda Qirg‘iziston prezidentligiga saylangan bo‘lib, uning vakolatlari muddati 2017-yilning oxirida tugaydi.
“Bugun prezident bo‘lganligimning oltinchi yili ketmoqda. Vaqt juda tez o‘tadi, Qirg‘iziston fuqarolari yordamida juda ko‘p narsa qilishga erishdik deb o‘ylayman. Hozir butunlay boshqa mamlakatmiz. Bir yildan keyin bu ishimdan ketaman va yana ikki—uch yildan keyin nimalar qila olganligimiz yanada yaqqol ko‘rinadi”, — dedi Atambayev.
U o‘zidan keyin kim uning o‘rnini egallashini bilmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)