Farg‘ona viloyati hududida Ichki ishlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu tadbirlar davomida 2 ta ov qurol, 24 ta jangovar patronlar, 65 ta sovuq va 9 ta pnevmatik qurollar olingan.

Bundan tashqari, 1 628 tup giyohvandlik o‘simliklari, 1 kg 043 gramm giyohvandlik vositalari, 27 ta noqonuniy diniy materiallar olingan.

Barcha holatlar bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Izoh (0)