2016-yilgi futbol mavsumining ham chempionatida, ham mamlakat kubogida zafar quchgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi “Oltin dubl” qayd etdi. “Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, “temiryo‘lchilar” bu borada beshinchi O‘zbekiston klubiga aylangan.
“Lokomotiv”ga qadar Farg‘onaning “Neftchi”, Toshkent viloyatining “Do‘stlik”, poytaxtning “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari “Oltin dubl”ga erishgan. Dastlabki ikki klubda bunday muvaffaqiyat 1 tadan bo‘lsa, “Bunyodkor” 3, “Paxtakor” esa 6 marta shunday baxtga musharraf bo‘lgan.
Izoh (0)