Rossiyalik milliarder, sport va madaniyat homiysi, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) amaldagi prezidenti Alisher Usmonov ushbu lavozimga qaytadan saylandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ilgari xabar qilinganidek, Usmonov mazkur lavozimga ko‘rsatilgan yagona nomzod edi. Federatsiya reglamentiga ko‘ra, agar prezidentlikka yagona nomzod ko‘rsatilgan bo‘lsa, ovoz berish o‘tkazilmaydi, barcha delegatlarning roziligi talab etiladi. Tashkilot yig‘ilishida barcha delegatlar Usmonov nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
Usmonov FIE’ga 2008-yildan beri boshchilik qilib keladi.
Izoh (0)