Kosta-Rikaga 24—25-noyabr kunlari “Otto” dovuli yopirilishi oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi. 20 dan 25 kishigacha bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Rasman qurbonlar soni 9 kishini tashkil etmoqda. 8 kishining jasadi topildi, bir kishining tanasi qoldiqlarini topish qoldi”, — deya ma’lum qildi mamlakat sud politsiyasi bosh direktori Valter Espinosa.
Kosta-Rika prezidenti Luis Gilyermo Solis mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)