Janubiy Koreyaning muxolifatdagi partiyalari prezident Pak Kin Xega nisbatan impichment imkoniyatini muhokama qildi. Prokuratura 20-noyabr, yakshanba kuni davlat rahbari dugonasi Chxve Sun Sil bilan bog‘liq korrupsiyali mojaroga bevosita aloqador bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilganidan so‘ng muxolifatchilar shu kunning o‘zida shoshilinch to‘plandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Muxolifat partiyalar rahbariyati Pak Kin Xega nisbatan ilgari surilgan jiddiy ayblovlar impichment uchun asos bo‘lib xizmat qilishini tasdiqladi. Ular, shuningdek, keyinchalik bu boradagi aniq qadamlarni muhokama etish va prezident iste’fosi uchun kampaniyani davom ettirish, impichment amalga oshgan taqdirda hokimiyat bo‘shlig‘iga yo‘l qo‘ymaslik uchun harakatlar rejasini tuzishga kelishib oldi”, — deya yozadi Dong-a Ilbo nashri.
Prezidentni iste’foga chiqarish uchun parlamentning 300 deputatidan kamida 200 nafari impichmentni ma’qullashi kerak. Pak Kin Xe tarafdorlarining hukmron “Senuri” partiyasi parlamentda 120 o‘ringa ega.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)