Hindistonda Indor—Patna tezyurar poyezdi halokati natijasida qurbonlar soni 128 kishiga yetdi, deb yozadi “RBK” mahalliy politsiyaga tayanib.
Yana 200 dan ortiq kishi jarohatlangan. Halok bo‘lganlarning 80 nafarining shaxsi aniqlangan.
Avvalroq Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida tezyurar poyezd halokatiga relsdagi nuqson sabab bo‘lgani xabar berilgan edi.
2 ming kishini olib ketayotgan 23 vagondan iborat Indor—Patna tezyurar poyezdi Kanpur shahridan 100 km masofada Puxrayan stansiyasi hududida 20-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 02:30 halokatga uchradi.
Izoh (0)