Boeing va Airbus samolyotlarni bortda yuz berayotgan holatlarni yerga onlayn tartibda uzatuvchi videoqayd tizimlari bilan jihozlash yuzasidan taklif bilan murojaat etgan Rossiya Davlat dumasi deputati, FXX sobiq direktori Nikolay Kovalyovning murojaatiga munosabat bildirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Ikki kompaniya ham masalani texnik tarafdan hal etishga umuman olganda rozi va tayyor ekanligini ta’kidladi.
Jumladan, Boeing hozirning o‘zida buyurtmachilarga video va audiomonitoringni amalga oshiruvchi bort tizimini o‘rnatish taklif etilayotgani, biroq to‘plangan videoaxborotni keng polosali aloqadagi cheklovlar tufayli yerdagi stansiyalarga jo‘natish imkoniyatiga ega emasligini bildirdi. Kompaniyaning aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha direktori Jeyms Veysetkga ko‘ra, Boeing bunday imkoniyatlarni kelgusida taqdim etishi mumkin bo‘lgan kelgusi avlod tizimlari ustida ishlashda davom etmoqda.
Airbus’ning Yevropa, Afrika va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Kristofer Bakli ham shunga yaqin fikrni bildirib o‘tdi. Xususan, Bakli joriy ishlanmalar va kelgusidagi g‘oyalar yuzasidan fikr almashish uchun mutaxassislar guruhini shakllantirishni taklif etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)