Facebook direktorlar kengashi kompaniyaning qiymati 6 milliard dollarga teng aksiyalari sotib olinishini ma’qulladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aksiyalarni xarid qilish dasturi 2017-yil birinchi choragida kuchga kiradi va yakunlanish sanasiga ega emas.
“Mazkur dastur uzoq istiqbolda biznesni rivojlantirish maqsadida, kapitalni taqsimlash strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda”, — deyiladi kompaniya saytida joylashtirilgan ma’lumotda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)