Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi O‘zbekistondagi gaz-kondensat konlarining Hisor guruhini ishlab chiqish bo‘yicha loyihani moliyalashtirishga 500 million dollar hajmida kredit jalb qildi, deb yozadi UzDaily kompaniya press-reliziga tayanib.
Ta’minlanmagan kredit tijorat banklari konsorsiumi tomonidan taqdim etilgan. Kredit uch oylik LIBOR+3,0% stavka bilan besh yil muddatga berilgan.
“Janubi-G‘arbiy Hisor” loyihasi bo‘yicha tabiiy gaz ishlab chiqarish 2011-yil dekabrida boshlangan. U Jarquduq—Yangi Qizilcha blokidagi eng yirik konda yiliga 1,1 milliard kubometr gaz qazib chiqarish quvvati bilan ishga tushgan.
Izoh (0)