O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz as-Saudga taniqli davlat va jamoat arbobi, podshohning akasi, shahzoda Turkiy bin Abdulaziz as-Saudning vafoti munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etib maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiy bin Abdulaziz as-Saud 12-noyabr, shanba kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 84 yoshida olamdan o‘tdi.
Izoh (0)