Yevroittifoq qiynoqlar va o‘lim jazosini ijro etish vositalari savdosi qoidalarini qat’iylashtirdi, deb yozadi TJournal Yevroittifoq Kengashi bayonotiga tayanib.
Unda aytilishicha, 2005-yilgi reglamentga kiritilgan tuzatishlarga ko‘ra, 2016-yil 14-noyabrdan e’tiboran, yagona vazifasi qiynoq yoki o‘lim jazosi bo‘lgan har qanday moslamalar (masalan, elektr stullar yoki “so‘roq kreslolari”)ni sotish, sotib olish, shuningdek, tranzit qilish va reklama qilish taqiqlanadi.
Shu bilan bir vaqtda, Yevroittifoq ikki xil vazifaga ega (qiynoqlarda ham qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan) politsiya maxsus texnikasi sotuviga ruxsat berdi. Ammo ularni Yevroittifoqdagi “o‘lim jazosini qo‘llashdan bosh tortgan va qiynoqlarni taqiqlovchi xalqaro hujjatlarga imzo qo‘ygan” mamlakatlar safiga kirmaydigan davlatlarda sotish mumkin.
Izoh (0)