AQSh dollari 14-noyabr, dushanba kuni qatorasiga to‘rtinchi sessiya qimmatladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Dollar indeksi Donald Trampning AQSh prezidenti lavozimidagi siyosati inflyatsiyani kuchaytirishi, Federal zaxira tizimi (FZT) foiz stavkalari oshishini tezlatishi kutilayotgani sababli joriy yil fevralidan beri eng yuqori darajaga chiqdi.
FZT foiz stavkalari 2016-yil oxirigacha oshirilishi ehtimoli prezidentlik saylovlaridan avvalgi 76 foizdan 84 foizgacha ko‘tarilgani bildirilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)