Xitoy tomoni Donald Tramp prezident etib saylanganidan so‘ng AQSh bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyor. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Biz Tramp ma’muriyati davrida AQSh bilan munosabatlarimizni yaxshilashni istaymiz. Albatta, bu ikki tomonning ham bir-birini o‘zaro tushunishiga bog‘liq”, — deya ta’kidladi Van I.
Ma’lumot uchun, Donald Tramp o‘zining saylovoldi chiqishlarida Xitoyga nisbatan, xususan, AQShdagi kompaniyalarning ishlab chiqarishni mazkur mamlakatga ko‘chirish amaliyotiga qarshi salbiy fikr bildirgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)