Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari Sariq dengizda KXDR suv osti kemalariga qarshi kurash bo‘yicha besh kunlik manyovrlar o‘tkazadi, deya xabar bermoqda “TASS” Koreya Respublikasi Milliy mudofaa vazirligiga tayanib.
Mashg‘ulotlarda 10 ta harbiy kema, jumladan, “Ijis” raketaga qarshi mudofaa tizimiga ega esminets, shuningdek, suv osti kemalari, kemaga qarshi aviatsiya va qiruvchilar qatnashadi.
Manyovrlar “Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlarining Shimoliy Koreya submarinalari tug‘diradigan xavfga qarshi turish imkoniyatini baholashga yordam beradi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh (0)