Estoniya parlamenti 9-noyabr, chorshanba kungi yig‘ilishida bosh vazir Taavi Riyvasga ishonchsizlik bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Oldinroq Riyvas o‘z ixtiyori bilan lavozimini tark etishdan bosh tortganligi ma’lum qilingandi.
Buning uchun 101 deputatdan 63 nafari ovoz berdi. Ular orasida votum tashabbuskori bo‘lgan muxolifatdagi 3 partiya deputatlari ham, koalitsiyaga kirgan partiyalar vakillari ham bor. 28 deputat ishonchsizlik bildirilishiga qarshi chiqdi.
Bosh vazirga ishonchsizlik bildirilishi o‘z-o‘zidan butun hukumat iste’foga chiqishini anglatadi.
Izoh (0)