London transport politsiyasi tramvayning izdan chiqib ketishi natijasida 7 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa 9-noyabr, chorshanba kuni tongda shaharning Kroydon tumanidagi “Sendilends” tramvay bekati yaqinida ro‘y berdi. Relslardan chiqib ketishi tufayli harakatdagi tramvay ag‘darilib ketdi. Buning oqibatida 50 dan ortiq yo‘lovchi kasalxonaga yotqizildi.
Tramvay haydovchisi hodisadan so‘ng hibsga olindi. U harakat chog‘ida uxlab qolgani va transport vositasini boshqarishni nazoratsiz qoldirgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)