Xitoycha nomi “Trampning katta g‘alabasi” deb yangraydigan kompaniya aksiyalari narxi Shenchjendagi savdolar chog‘ida 9-noyabr, chorshanba kuni 8,3 foizga ko‘tarilib ketdi, bu besh oy ichida kuzatilgan rekord darajadagi sur’atdir, deb yozadi “Interfaks”.
Tahlilchilar fikricha, dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi kompaniya kotirovkalarining o‘sishi faqat uning nomi bilan bog‘liq, chunki kompaniyaning fundamental ko‘rsatkichlarida hech qanday o‘zgarishlar kuzatilmagan.
AQShda ayni paytda barcha saylov uchastkalari yopildi. Ekspertlar Donald Trampning g‘olib bo‘lish ehtimolini 90 foiz deb baholamoqda.
Izoh (0)