Kanada migratsiya xizmati saytiga hozirgi vaqtda kirib bo‘lmayapti, deb yozadi “Kommersant”.
CTV telekanali boshlovchilari Twitter foydalanuvchilari qoldirgan xabarlarga asoslanib taxmin qilishicha, sayt “Tramp g‘alaba qozonsa, AQShdan ketish niyatida bo‘lgan” Hillari Klinton tarafdorlarining ko‘plab tashriflari sabab ishlamay qolgan.
Wow, Google searches for "move to Canada" from the US have soared the last four hours. #ElectionNight #Elections2016 pic.twitter.com/8b0q880YYb
— Lily (@LilyLeung) November 9, 2016
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, AQShdan Kanadaga ko‘chish istagida bo‘lgan amerikaliklar soni birinchi marta bunchalik ortib ketayotgani yo‘q. Bundan to‘rt yil avval, Obama saylovda g‘alaba qozonganidan so‘ng, respublikachilarning minglab tarafdorlari Kanadaga ko‘chib o‘tishni istab qolgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh prezidenti saylovida Donald Tramp asosiy raqibi — demokrat Hillari Klintonni sezilarli farq bilan ortda qoldirmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)