Hillari Klinton o‘z saylov shtabida tarafdorlari oldida saylov yakunlari bo‘yicha chiqish qilishdan bosh tortdi. Bu haqda Republic xabar bermoqda.
Klintonning o‘rniga uning saylov shtabi boshlig‘i — Jon Podesta chiqish qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi shtatlarda saylov natijalari juda ham noaniq va “so‘nggi ovoz hisoblab bo‘linmagunicha, hech qanday bayonot berilmaydi”.
“Men barchangizga uyga borib, dam olishga chaqiraman. Ertaga esa biz saylov natijalari haqida ko‘proq ma’lumot bera olamiz”, — dedi Podesta.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh prezidenti saylovida Donald Tramp sezilarli farq bilan Hillari Klintonni ortda qoldirmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)