8-noyabr, seshanba kuni Eronning Koxgiluye va Boyeraxmad provinsiyasida shaharlararo avtobus ag‘darilib ketdi, deb yozadi “TASS” 19 kishi halok bo‘ldi va 24 kishi yaralandi.
ISNA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, fojia mahalliy vaqt bilan 20:25 (Toshkent vaqti bilan 21:55)da Yasuj va Aglid shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda yuz bergan. Voqea joyiga Yasujadan hamda qo‘shni Fars provinsiyasidan o‘ndan ortiq tez yordam mashinalari yuborilgan.
Avtobusda Yezd provinsiyasidan Iroqdagi shialarning muqaddas yodgorliklariga yo‘l olgan ziyoratchilar bo‘lgan.
Izoh (0)