Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo mamlakat hukumati Tinch, Atlantika va Shimoliy muz okeanlarini himoya qilish dasturiga 1,1 milliard dollar investitsiya qilishini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Kanada iqtisodiyoti, tabiati va tarixi qirg‘oq yaqinidagi mintaqalarimiz bilan uzviy bog‘liq. Okeanlarni himoya qilish rejasi mamlakatni dengiz xavfsizligi masalasida dunyoda yetakchi o‘ringa olib chiqadi. Ushbu reja amalga oshirilishi tufayli Kanadaning qirg‘oq yaqinidagi hududlari kelajak avlod uchun ekologik toza va xavfsiz bo‘lib qoladi”, — deya ta’kidladi bosh vazir.
5 yillik rejaning bajarilishi 2017-yildan boshlanadi. Unda, jumladan, mahalliy ekotizimlarni tiklash va himoya qilish, tashlab ketilgan yoki cho‘kkan kemalar masalasida choralar ko‘rish, neft sizishi ro‘y berganda okeanlar yuzasini tozalash usullarini o‘rganishga investitsiya ajratish kabi yo‘nalishlar ko‘zda tutilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)