Germaniya federal prokuraturasi AQSH fuqarosi Martin D.ga qarshi josuslikda ayblov qo‘ydi. Erkakni chet el razvedkasi agenti sifatida faoliyat yuritganlikda gumon qilish uchun yetarli asoslar mavjud. Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.

2017-yildan 2023-yil bahorigacha Martin D. AQSH Mudofaa vazirligining fuqarolik pudratchisi sifatida ishlagan. Germaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yildan beri erkak AQSHning GFRdagi harbiy bazasida ishlagan. 2024-yilning yozida ayblanuvchi Xitoy hukumat organlariga bir necha bor murojaat qilgan va Xitoy razvedkasiga AQSH harbiylari bilan bog‘liq maxfiy ma’lumotlarni yetkazishni taklif qilgan.
Martin D. 2024-yil 7-noyabrdan buyon qamoqqa olish orderi asosida qamoqda saqlanmoqda. AQSH va Xitoy rasmiylari nashr paytida Germaniya tomonidan qo‘yilgan ayblovlarga izoh berishmagan.
Bundan avval AQSHning Texas shtatida xizmat qilgan 22 yoshli amerikalik harbiy Taylor Adam Li Rossiyaga mudofaaga oid maxfiy sirlarni yetkazishga uringanlikda gumonlanib, hibsga olingandi.
Iyul oyida daniyalik erkak Eron razvedkasi uchun Berlindagi yahudiylar tashrif buyuradigan obyektlar va odamlar haqida ma’lumot to‘plaganlikda ayblanib, ushlangandi.
Izoh (0)