Nikaraguaning amaldagi prezidenti Daniel Ortega 6-noyabr, yakshanba kuni davlat rahbarligiga saylovlarda raqiblaridan katta farq bilan g‘olib chiqdi, deb yozadi “TASS” respublika Oliy saylov kengashiga tayanib. Mamlakatning yangi vitse-prezidenti esa Orteganing rafiqasi Rosario Murilyo bo‘ladi.
Saylov varaqalarining 99,8 foizi hisoblab chiqilgach, Nikaragua yetakchisi saylovchilarning 72,5 foiz ovozini to‘plagani ma’lum bo‘ldi. Uning raqibi, Liberal konstitutsionalistik partiya vakili Maksimino Rodriges 15 foiz ovozlarni qo‘lga kiritdi.
Anastasio Somosa diktaturasiga qarshi qurolli janglar yetakchilaridan biri Ortega birinchi marta 1985-yilda prezident bo‘lgan. Besh yildan so‘ng u qayta saylanmadi, 2007-yildagina u yana mamlakat rahbariga aylandi.
Izoh (0)