Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe bosh vazir lavozimiga o‘zi ilgari surgan nomzodni qaytarib olishga tayyor. Bu haqda mamlakat yetakchisi Milliy majlis (parlament) spikeri bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Pak Kin Xe parlament bosh vazir lavozimiga boshqa odamni tavsiya qilgan taqdirda nomzodni qaytarib olishi va unga yangi vazirlar mahkamasini to‘liq nazorat qilishga ruxsat berishini aytdi, deyiladi “Ryonxap” agentligi xabarida. Prezident ma’muriyati ushbu axborotni tasdiqlaganicha yo‘q.
2-noyabr kuni Pak Kin Xe mamlakat bosh vaziri lavozimiga Xvan Gyo An o‘rniga Kim Byon Chjunni ilgari surdi. Ammo muxolifat ushbu nomzod Milliy majlis deputatlari bilan kelishilmagan tarzda ilgari surilgani uchun, uni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)