Braziliya hukumati Rio-de-Janeyro shtati hisob raqamini yopilmagan yirik miqdordagi qarz tufayli muzlatib qo‘ydi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Associated Press agentligiga ko‘ra, shtat hukumatga 170 million real (53 million dollar) qarz bo‘lib qolgan. Rio-de-Janeyrodagi ayrim davlat xizmatchilari yarim yildan beri maosh olmagani bildirilmoqda.
Shtat rasmiylari 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlari arafasida neft narxi pasayib ketganligi tufayli yuzaga kelgan tang moliyaviy vaziyat haqida ma’lum qilgan va bu holat xavfsizlikni ta’minlash, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda atrof-muhitni muhofaza etish masalalarini hal etishni barbod qilishi mumkinligidan tashvish bildirgandi.
Shundan so‘ng Braziliya hukumati shtatga federal budjetdan 2,9 milliard real (849 million dollar atrofida) ajratgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)