Shveysariyaning Mon-Pelerin kurort shaharchasida 7-noyabr, dushanba kuni BMT shafeligida Kiprni birlashtirish bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis va tan olinmagan Shimoliy Kipr turk respublikasi rahbari Mustafo Oqinjining uchrashuvi chog‘ida hududiy va boshqa muhim masalalar muhokama etiladi.
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Kiprni birlashtirish masalasi shu yilning o‘zida hal etilishi mumkinligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu uchrashuv muzokaralarning oxirgi bosqichiga yo‘l ochadi. Shu bilan birga, bosh kotib hali ko‘plab yechimini kutayotgan va murakkab masalalar qolayotganini tan oldi.
Ma’lumot uchun, Kipr 1974-yilda, Gretsiya bilan birlashishga urinishlarga javoban orolning shimoliy qismi turk qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilganidan so‘ng ikkiga bo‘lingandi.
Izoh (0)