Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat prezidenti Pak Kin Xe va davlat qarorlariga noqonuniy ravishda ta’sir ko‘rsatishda gumonlanayotgan dugonasi Soy Sun Sil bilan bog‘liq siyosiy mojaroni tergov qilish doirasida Samsung kompaniyasi ofislarida tekshiruv o‘tkazdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Janubiy Koreya prokurorlari Samsung prezident dugonasining qiziga moliyaviy yordam bergan-bermaganini tekshirdi. Avvalroq Samsung Soy Sun Sil va uning qizi egadoshlik qiladigan kompaniyaga 2,8 million yevro taqdim etgani haqida tasdiqlanmagan ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
Mamlakat prezidenti va uning dugonasi aralashib qolgan mojaro Soy Sun Silning prezident vakolatlaridan foydalanib, davlat ishlariga aralashgani va shaxsiy moddiy foyda ko‘rgani bilan bog‘liq.
Izoh (0)