Apple kompaniyasi Apple Health+ deb nomlangan yangi pullik xizmatni ishga tushirish ustida faol ishlamoqda. U kelasi yildayoq taqdim etilishi kutilmoqda. Bu haqda MacRumors nashri xabar bermoqda.

Uning asosiy xususiyati ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar va hatto tibbiy maslahatlar bera oladigan shaxsiy sun’iy intellekt murabbiy bo‘ladi. Bu ma’lumot Insayder va Bloomberg muxbiri Mark Gurman tomonidan Power On axborot byulletenining so‘nggi sonida keltirilgan.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Apple Health+ kompleks xizmat bo‘lib, unda markaziy o‘rinni sun’iy intellekt yordamchi/terapevt egallaydi. Ushbu sun’iy intellekt shaxsiy salomatlik bo‘yicha murabbiy vazifasini bajarib, foydalanuvchilarga shaxsiylashtirilgan ovqatlanish rejalari va ularning tibbiy holatiga oid tavsiyalarni taqdim etadi.
Dastlab Mark Gurman sun’iy intellekt kouching funksiyasi iOS 19.4 (hozir iOS 26.4 nomi bilan tanilgan)da paydo bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Biroq keyinroq u xizmatning to‘liq ishga tushirilishi va uning integratsiyasi iOS 27 dan oldin sodir bo‘lmasligini aniqlashtirgan.
Apple Health+ iPhone va iPad’dagi mavjud “Sog‘liq” (Health) ilovasiga chuqur integratsiya qilinishi kutilmoqda, bu uni millionlab Apple foydalanuvchilari uchun mavjud qiladi.
Gurman yangi xizmatning narxi haqida ma’lumot bermagan. Biroq, uning shaxsiy maslahat va tibbiy tavsiyalarga yo‘naltirilganligini hisobga olib, Apple Health+ oylik yoki yillik obuna asosida taklif etilishini taxmin qilish mumkin.
Bundan avval 2026-yilda Apple o‘z smartfonlar liniyasini jiddiy qayta tuzishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. AQSHdagi Apple kampaniyasi iPhone 18 modelidan voz kechadi, bu esa kompaniya ekotizimiga kirish narxining oshishiga olib kelishi mumkin.
Izoh (0)