Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida 13 yoshli o‘g‘liga avtomobil boshqaruvini topshirib qo‘ygan fuqaroga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirida katta yo‘lda Cobalt rusumli avtomobilni boshqarib yurgan 13 yoshli fuqaro aniqlangan. Voyaga yetmagan haydovchi mashinani boshqarishiga otasi ruxsat berganini bildirgan.

Bolaning otasi esa o‘g‘li yolg‘iz bo‘lmaganligi, o‘zining yonida ekanligi sababli unga mashina boshqaruvini berganini taʼkidlagan.
Ushbu shaxsga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Bundan tashqari, reyd davomida to‘y tadbirida guruh-guruh bo‘lib harakatlangan Equinox, Lacetti va 2 ta Malibu avtomashinalari haydovchilariga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Izoh (0)