Yamandagi mojaro boshlanganidan beri 7 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, 37 ming kishi jarohat oldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisoboti shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “Interfaks”.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 21 milliondan ortiq kishi tibbiy yordamga muhtoj, biroq mamlakatdagi tibbiy muassasalarning yarmidan ko‘pi butkul yoki qisman yopilgan.
Hisobotda mojaro boshlanganidan beri 2,1 milliondan oshiq kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgani bildirilgan.
Izoh (0)