Ukrainaning Odessa viloyati rahbari, sobiq Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili maxsus brifing chog‘ida iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
U prezident Pyotr Poroshenko Odessadagi ikki guruhni qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi.
“Viloyat shunchaki poraxo‘rlarga emas, Ukraina dushmanlariga topshirib qo‘yilmoqda”, — ta’kidladi Saakashvili.
“Odessa viloyatida prezident ikkita guruhni shaxsan qo‘llab-quvvatlaydi. Bu 90-yillar qotillarining Truxanov jinoiy, kriminal guruhi va Urbanskiyning korrupsion guruhi. Viloyatda butun hokimiyat shu ikki guruh va ularning ittifoqchilari — Anton Kissening ‘O‘lkamiz’ guruhi ayirmachilariga topshirilgan”, — qo‘shimcha qildi u.
Bugun, 7-noyabr kuni Saakashvilining yelkadoshi, Odessa politsiyasi rahbari general Georgi Lortkipanidze ham iste’foga chiqqani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)