Iroq hukumat kuchlari Mosul janubida IShID yetakchilaridan birini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Al Arabia telekanaliga ko‘ra, kelib chiqishi jazoirlik bo‘lgan dala qo‘mondoni Abu Hamza 6-noyabr, yakshanba kuni hukumat kuchlari nazorati ostiga o‘tgan Hamam al-Alil tumanida o‘ldirildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)