Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Tokioda Yaponiya imperatori Akixito bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbari saytida ma’lum qilindi.
Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar holati, ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Nursulton Nazarboyev yapon tomonining Ostonada o‘tkaziladigan dunyo va an’anaviy dinlar yetakchilari syezdidagi doimiy ishtiroki, shuningdek, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, yadroviy qurolsizlanish va tarqatmaslik sohasidagi hamkorligi, global mojarolarni bartaraf etish, mintaqaviy taraqqiyotga qo‘shayotgan ulkan hissasini e’tirof etdi.
Izoh (0)