Gaitida 10 kishi, jumladan, 3 nafar bola toshqinlar qurboni bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, 7 kishi Kap-Aityen shahrida halok bo‘ldi, yana 3 kishi Shimoli-G‘arb, Shimoli-Sharq va Grand-Ans departamentlarida tabiiy ofat qurboni bo‘ldi.
Orol aholisi turli vaziyatlarda halok bo‘ldi, biroq bunga asosan kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgani aytilmoqda. Sinoptiklar mamlakat hududida yog‘inlar kuchayishi kutilayotganini bildirdi.
Izoh (0)