Nikaraguaning amaldagi prezidenti Daniel Ortega va hukmron Sandinistlar milliy ozodlik fronti mamlakatda 6-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan yalpi saylovlarda g‘alabaga erishmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Ovoz berish huquqiga ega 3,6 milliondan ortiq nikaragualik davlat rahbari va vitse-prezidentdan (mazkur lavozimga Orteganing turmush o‘rtog‘i Rosario Murilyo da’vogarlik qilmoqda) tashqari, Milliy assambleyaning 90 deputati va Markaziy Amerika parlamentining 20 deputatini saylashi lozim edi.
Oliy saylov kengashiga ko‘ra, fuqarolarning saylovlarda ishtiroki darajasi 65 foizdan oshdi. Saylov uchastkalarining 21,3 foizidagi natijalar Ortega saylovchilarning 71 foizi ovozini olganligini ko‘rsatmoqda. Liberal konstitutsiyachilar partiyasi (LKP) nomzodi Maksimino Rodriges esa 16,4 foiz ovoz to‘pladi.
Hukmron partiyani saylovchilarning 67, LKPni esa 17,7 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.
Izoh (0)