AQSh geologiya xizmati 7-noyabr, dushanbaga o‘tar kechasi Oklaxoma shtatida 5,3 magnitudali zilzilani qayd etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Yerosti silkinishi epimarkazi shtatning ma’muriy markazi Oklaxoma-sitidan taxminan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan Kashinga shahrida, 6 kilometr chuqurlikda bo‘lgani bildirilmoqda.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida xabar berilmadi. Biroq OAVda chop etilayotgan fotolarda ayrim binolar derazasi sinib tushganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)