5-noyabr, shanba kuni Pekinning “Poytaxt” xalqaro aeroportida kamida 1150 ta reys quyuq tutun (smog) tufayli bekor qilindi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Xitoy poytaxtida 3-noyabr, payshanba kuniyoq atrof yaxshi ko‘rinmaydigan bo‘lib qoldi. Shaharda ekologik xavfning oxiridan ikkinchi, “to‘q sariq” darajasi e’lon qilindi.
Ayni paytda Pekin havosidagi sog‘liq uchun xavfli moddalar konsentratsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan me’yordan to‘qqiz marta oshiqroq.
Ifloslanishning asosiy manbalari — avtomobillarning ishlangan gazlari va ko‘mir issiqlik elektr stansiyalaridan chiqadigan ajralmalar.
Izoh (0)