3-noyabr kuni Xitoy o‘zining eng yirik “Chanchjen-5” (CZ-5) raketasini uchirdi. Bu haqda, South China Morning Post nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
CCTV telekanali raketaning uchirilishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etdi. Uchirish Xaynan provinsiyasidagi Venchan kosmodromidan amalga oshirildi.
Nashrning ta’kidlashicha, ushbu raketaning uchirilishi Xitoy kuchi jihatidan AQSh kosmik dasturida ishlatilayotgan raketalarga teng tashuvchiga ega bo‘lganidan dalolat beradi.
Yangi raketadan Oy va Mars yuzasini o‘rganishda foydalanish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)