Apple kompaniyasi ikkita buklanadigan displeydan iborat smartfon konstruksiyasini patentladi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
AQSh Patentlar va savdo belgilari byurosi tasdiqlagan patent mazmuniga ko‘ra, smartfon uglerodli nanoquvurlardan tashkil topadi. Bu telefonni xuddi kitob kabi teng yarmidan buklash imkonini beradi.
Avvalroq yangi iPhone mobil texnologiyalar sanoatini butunlay o‘zgartirib yuborishi, shuningdek, iPhone 8 smartfonlari organik svetodioddan tayyorlangan egiluvchan OLED-displeyga ega bo‘lishi xabar berilgan edi.
Izoh (0)