Pokiston janubi-g‘arbidagi Gadani shahrida kemalarni zararsizlantirish markazida ro‘y bergan portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Gaz ballonining portlashi eski neft tankerida ish olib borilayotgan paytda ro‘y berdi. Kema buning oqibatida olov oldi.
60 kishi turli darajadagi kuyish jarohatlarini oldi. Qurbonlar soni oshishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)