Qirg‘izistonda mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish masalasidagi referendum 11-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar mamlakatda bosh vazir vakolatlarini kengaytirish va deputatlarga bosh vazir yoki bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlashga ruxsat berishni nazarda tutadi.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev yangi konstitutsiya mamlakatda parlamentarizmni mustahkamlashga qaratilganini aytib o‘tgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)