Indoneziyada qutqaruvchilar radarlardan g‘oyib bo‘lgan samolyot bo‘laklarini topdi. Bu haqda mamlakat transport vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Vazirlikka ko‘ra, havo kemasi bo‘laklari ostidan bortda bo‘lgan barcha 4 nafar ekipaj a’zosi jasadi topildi.
De Havilland Canada kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan harbiy-transport samolyoti 31-oktabr, dushanba kuni yarim soat davom etishi kerak bo‘lgan parvoz davomida aviadispetcher bilan aloqani yo‘qotgandi. Havo kemasi Timika (Yangi Gvineya oroli)dan Ilaga (Papua provinsiyasi)ga yo‘l olgandi.
Izoh (0)