Moldovada prezident saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “TASS”.
Unda Rossiya bilan strategik sheriklikni qayta tiklash tarafdori bo‘lgan Moldova Respublikasi Sotsialistlar partiyasi yetakchisi Igor Dodon hamda Yevroittifoq bilan integratsiya tarafdori bo‘lgan Harakat va birdamlik partiyasi rahbari Mayya Sandu ishtirok etadi.
Markaziy saylov komissiyasi 30-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan birinchi bosqich yuzasidan e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlar shunday bo‘ldi. 99 foiz ovozlar hisoblab chiqilgach, Dodon 48,6%, Sandu 38,03% ovoz to‘plagani ma’lum bo‘ldi.
Moldova prezidentligiga saylanish uchun 50% plyus bitta ovoz yig‘ish kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moldovadagi prezident saylovi bo‘lib o‘tgan deb e’lon qilingan edi.
Izoh (0)