Saudiya Arabistonida IShIDga aloqador terrorchilik guruhi faoliyati fosh etildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi axborotiga ko‘ra, guruh to‘rt kishi – ikki pokistonlik, bir suriyalik va bir sudanlikdan tashkil topgan.
Gumonlanuvchilar xavfsizlik xizmati xodimlari va tinch aholi vakillariga qarshi qaratilgan hujumlar uyushtirishni rejalashtirgan bo‘lgan.
Bundan tashqari, ular Saudiya Arabistoni va BAA futbol terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida Jiddadagi Qirol Abdulloh stadioniga ham hujum qilmoqchi bo‘lgan.
Biroq Saudiya xavfsizlik kuchlari mazkur hujumlarning barchasini oldini olishga muvaffaq bo‘lib, terrorchilik guruhini fosh etgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)