Chernogoriya bosh vaziri Milo Jukanovich Rossiyani davlat to‘ntarishini uyushtirishga urinishda aybladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Jukanovichga ko‘ra, to‘ntarish Chernogoriyada 16-oktabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari chog‘ida uyushtirilishi mo‘ljallangandi.
Guruhlardan biri mahalliy politsiya kiyimini kiyib, parlament binosini egallab olishi va u yerdan Rossiya bilan yaqinlashuv tarafdorlari mitingiga qarata o‘q uzishi lozim bo‘lgan. Ikkinchi guruh bu paytda davlatning oliy rahbariyatini qamoqqa olishni rejalashtirgan.
Ushbu urinishlarga qaramay, parlament saylovlarida G‘arb tarafdorlari qo‘li baland kelgani bildirilmoqda.
Izoh (0)